AQSHning ikki shtatida favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
13:26 956 1 daqiqa
Ikkinchi darajali “Isayyas” to‘foni sababli AQSHning Florida va Alabama shtatlarida favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat Ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Markueyn Mallin X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“AQSH Prezidenti Donald Tramp rahbarligida “Isayyas” to‘foniga qarshi choralar ko‘rish uchun federal resurslarni ajratish maqsadida Florida va Alabamada favqulodda holat e’lon qilinishi ma’qullandi”, deydi Mallin.
Bungacha AQSH Dovullarni kuzatish milliy markazi to‘fonning Floridada quruqlikka chiqqani haqida xabar bergan. Uning maksimal tezligi soatiga 169 kilometrga yetmoqda.

Shuningdek, AQSH Dovullarni kuzatish milliy markazi “Isayyas” to‘foni yanada kuchayishi va 9 oktyabr kuni kechqurun yoki 10 oktyabr kuni AQSHning Meksika ko‘rfazi sohillariga chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Narra” to‘foni sabab Xitoyning janubiy hududlari va Vetnam shimolida kuchli yomg‘ir yog‘ib, suv toshqinlari va ko‘chkilar yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Xitoyda 54 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi va Vetnamda bir kishi halok bo‘lgan.
Live
Barchasi