Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

AQSHda 172 nafar yo‘lovchisi bor samolyot yonib ketdi (video)

Olam

image

AQSHning Kolorado shtatidagi Denver aeroportida American Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi. Hodisa aeroport binosi yaqinidagi to‘xtash joyida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Telekanal e’lon qilgan videolavhalarda samolyotdan qalin qora tutun chiqayotgani aks etgan. American Airlines aviakompaniyasi bayonotiga ko‘ra, samolyotdagi 172 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinib, aeroport binosiga olib o‘tilgan. Kompaniya xabarida aytilishicha, Denver aeroportiga xavfsiz qo‘ngandan so‘ng 1006-reys samolyotining dvigatelida muammo yuzaga kelgan.

AQSH Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga ko‘ra, American Airlines samolyotining dvigateli samolyot Denverga qo‘nish yo‘nalishidan oqqach alanga olgan. Oqibatda yo‘lovchilar shoshilinch favqulodda shishiriluvchi trap yordamida evakuatsiya qilingan.
 
Boeing 737-800 samolyoti Kolorado-Springs – Denver yo‘nalishi bo‘ylab 1006-reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 17:15 atrofida samolyot Denverga rejalashtirilgan yo‘nalishdan chetga chiqqan. AQSH Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga ko‘ra, ekipaj parvoz vaqtida dvigatelda kuchli tebranishlar kuzatilgani haqida xabar bergan. Hozirda ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida S7 Airlines'ga tegishli Boeing 737-800 (RA-73669) samolyotining g‘ildiragi chiqib ketgan edi. Ko‘p o‘tmay, yo‘lovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagida tushirilgan va ular bagajlari bilan terminalga yetkazilgan. Boeing 738 esa ekspluatatsiyadan vaqtincha chetlatilgan bo‘lib, bir necha soat o‘tgach, perronga evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing