AQSH grin-karta egalarini deportatsiya qilishni osonlashtirdi
Olam
−
24 iyun 4680 2 daqiqa
Bugun, 24 iyun kuni AQSH Oliy sudi federal chegara xizmati xodimlariga Amerika grin-kartasiga ega bo‘lgan shaxslarni deportatsiya qilish imkonini beruvchi qaror qabul qildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Sud qarori bilan belgilanishicha, chegara xizmati agentlari agar grin-karta egasi gumonlanuvchi bo‘lsa, unga mamlakatga kirishni rad etishlari mumkin. Shu bilan birga, chegara agentlari jinoyat sodir etilganiga oid dalillarni taqdim etishga majbur emasligi, “shunchaki gumon qilish uchun asoslar mavjudligining o‘zi kifoya” ekanligi alohida ta’kidlangan. Ushbu yangilik, shuningdek, AQSHga kirish punktlariga yetib borgan shaxslarni qonuniy doimiy rezident (LPR) maqomidan mahrum qilish tartibini chegara xizmatlari uchun sezilarli darajada osonlashtiradi.
AQSHning amaldagi immigratsiya qonunchiligiga ko‘ra, AQSH hududini qonuniy asosda qisqa muddatga tark etgan grin-karta egalarining mamlakatga qayta kirishiga ruxsat berilishi kerak. Bundan faqat grin-karta egasi jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan yoki aybiga o‘zi iqror bo‘lgan holatlargina mustasno edi.
Oliy sudning bir qator sudyalari qabul qilingan qarorga qarshi chiqqan. Ularning fikricha, hukumat grin-karta egasini doimiy rezidentlik maqomidan mahrum qilishdan oldin, uning haqiqatan ham jinoyat sodir etganini avval isbotlab berishi shart.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH rasmiylari vaqtinchalik vizaga ega bo‘lgan xorijliklar uchun grin-karta olish qoidalarini qayta ko‘rib chiqqani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, endilikda ariza beruvchilarning aksariyati ushbu jarayondan mamlakat tashqarisida o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.
Live
Barchasi