Abdurashid Jo‘raboyev MTRKga rais bo‘ldi
Jamiyat
−
02 fevral 2024 12417 1 daqiqa
Abdurashid Jo‘raboyev O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangi raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari sifatida ishlab kelgan.
Shuningdek, Jo‘raboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq uzoq yillardan beri O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga raislik qilib kelayotgan Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimidan ozod etildi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust