Abdumalik Xalokovning jangi muddatidan avval yakunlandi
Sport
−
17 Noyabr 2023 12541 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, bugun, 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokida janglar o‘tkazilmoqda. Unda havaskor boksda jahon va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Abdumalik Xalokov ham ringga ko‘tarildi.

-57,1 kg vazn toifasida tashkil etilgan jangda Xalokovga ukrainalik Aleksandr Yegorov raqiblik qildi. O‘zbekistonlik bokschi bahsning ikkinchi raundida Ukraina vakilini texnik nokautga uchratdi va o‘zining profboksdagi debyutini muvaffaqqiyatli boshladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur boks musobaqasida Xalokovdan tashqari, Mirazizbek Mirzaxalilov, Qudratillo Abduqahhorov va Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr