6 yildan so‘ng opa-singil Uilyamslar juftlik bahslarda ishtirok etadi
Sport
−
04 avgust 975 1 daqiqa
AQSHlik mashhur tennischi opa-singillar Serena va Venus Uilyams joriy yilning 13-23 avgust kunlari Sinsinnati shahrida bo‘lib o‘tadigan WTA 1000 turnirining juftliklar bahslarida ishtirok etadi. Bu haqda musobaqaning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Opa-singil Uilyamslar so‘nggi marta 2022 yilgi “US Open” turnirida juftlik bahslarida birga ishtirok etgan. O‘shanda ular ilk bosqichda chexiyalik Lyusi Gradetska va Linda Noskovaga mag‘lub bo‘lgandi.
Ular 2026 yilgi Uimbldon turnirida ham birga qatnashishi rejalashtirilgan edi. Biroq, Serena Uilyamsning jarohati sababli musobaqadan chiqishga majbur bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, hozirda 44 yoshli Serena va 46 yoshli Venus Uilyams faoliyati davomida juftlik bahslarida 14 marta “Katta dubulg‘a” turnirlari g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, ular uch karra Olimpiya chempionlari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Torontoda o‘tayotgan WTA 1000 toifasidagi turnirining birinchi bosqichida Vinus Uilyamsni mag‘lub etgandi.
Live
Barchasi