$110 ming, yuzlab telefonlar: Toşkentda yirik jinoiy guruh a’zolari uşlandi (video)
3-sahifa
−
18:17 863 2 daqiqa
Toşkent şahrining Mirobod tumanida 72 kişidan iborat jinoiy guruh a’zolari qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan dastlabki tezkor qidiruv tadbirlari davomida Mirobod tumani Farğona 1-tor köçasida joylaşgan xonadon közdan keçirilgan. U yerda binoni oyiga 9000 AQŞ dollari evaziga ijaraga olib, yaşirin faoliyat yuritib kelgan 52 nafar fuqaro qölga olingan. Mazkur guruh Osiyo davlatlarida ommalaşgan yaşirin onlayn qimor va noqonuniy bukmekerlik öyinlari uçun pul mablağlarini qabul qiliş va tranzaksiyalarni bank kartalariga ötkazib beriş, ya’ni pul yuviş bilan şuğullangan. Xonadondan 110 ming AQŞ dollari miqdoridagi naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta telefon va 3 ta Starlink kosmik internet qurilmasi aşyoviy dalil sifatida xolislar iştirokida musodara qilingan.
Tezkor tadbirlar tumanning Katta Mirobod köçasidagi boşqa bir manzilda davom ettirilib, yana bir yaşirin koll-markaz foş etilgan. U yerda ham oyiga 2000 AQŞ dollari evaziga ijarada yaşab kelayotgan yana 20 nafar fuqaro uşlangan. Uşbu guruh asosan internetdagi soxta işqiy munosabatlarni taklif etuvçi firibgarlik öyini bilan şuğullanib kelgan. Unga köra, jinoyatçilar özlarini ayol kişi sifatida taniştirib, mijozlarni tuzoqqa tuşiradi va mablağlarini aldov yöli bilan özlaştirib oladi. Manzildan 24 ta noutbuk, bitta planşet, 52 ta telefon va 4 ta Wi-Fi qurilmasi olingan.
Qayd etilişiça, har ikkala guruhda vazifalar özaro taqsimlangan bölib, rahbar, iş boşqaruvçi, operator va qöriqçilar faoliyat yuritgan. Uşbu guruhlar tomonidan 576 ming AQŞ dollari miqdoridagi kripto-aktivlar aylanmasi aniqlangan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Mirobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritmoqçi bölgan jinoiy guruh qölga olingandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr