Toshkent viloyatida haydovchi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jamiyat
−
22 aprel 2020 9437 1 daqiqa
Joriy yilning 17 aprel kuni Toshkent viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 33 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.
YTH soat 17 aprel kuni 23:50 larda Zangiota tumani “Turkiston” mahallasidan o‘tgan M-39 yo‘lida yuz bergan. Noma’lum haydovchi, tergovga qadar tekshiruv davomida noma’lum avtomashinasida Toshkent tomon harakatlanib ketayotganda M-39 yo‘li 818-kilometri avtomobil qatnov qismida 33 yoshli fuqaro V.R.ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda V.R. hodisa bo‘lgan joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 26 yoshli A.Sh., boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib protsessual tartibda ushlangan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr