Husanov MYUga o‘tishi mumkin edi. Kutilmagan tafsilotlar ochiqlandi
Sport
−
16 sentabr 8318 1 daqiqa
“Manchester Yunayted”ning sobiq skauti Nikolas Chinali O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni manchesterlik klubga tavsiya qilganini ma’lum qildi. Bu haqda u X tarmog‘ida yozib qoldirdi.
“O‘zbekiston U-20 terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yinlarini tomosha qilib, Husanovni payqadim. Uchta asosiy fazilat meni hayratga soldi: tezlik, kuch va diqqatni jamlash. Men Abduqodirning “Manchester Yunayted” uchun munosib futbolchi ekaniga amin edim – uning butun jamoasi juda raqobatbardosh edi”, deydi mutaxassis.
Ta’kidlash joizki, Hunsanovov 2025 yil qishida 40 million yevrolik transfer evaziga Fransiyaning “Lans” jamoasidan Angliyaga ko‘chib o‘tgan edi. O‘sha vaqtga kelib, himoyachi Fransiyaning 1-ligasida tajriba orttirib, o‘zini Yevropa darajasida namoyon qilgan edi.
O‘zbekistonlik himoyachi “Manchester Siti” safida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Husanov “shaharliklar” bilan Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogida g‘olib chiqqan. Joriy mavsumda 22 yoshli Husanov barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda maydonga tushib, jami 401 daqiqa harakat qildi.
Live
Barchasi