“Hizbulloh” Isroilning beshta pozitsiyasiga zarba berdi
Olam
−
04 Noyabr 2023 21317 1 daqiqa
"Hizbulloh"ning qurolli qanoti Livan bilan chegaradagi Isroil mudofaa kuchlarining pozitsiyalariga kamikadze dronlari va boshqariladigan raketalari bilan hujum qildi. Bu haqda TASS guruhning harbiy-axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Unda aytilishicha, operatsiya davomida shia jangchilari Isroilning Al-Abad, Jel al-Alam, Al-Jerda, Hadeb al-Buston va Al-Malikiyadagi pozitsiyalariga zarba bergan. Oqibatda Isroilning chegarada o‘rnatilgan radar stansiyalari, videokuzatuv kameralari va boshqa texnik jihozlari ishdan chiqqan. Bir qancha isroillik askarlar yaralangan va halok bo‘lgan.
"Hizbulloh" hujumi kunning birinchi yarmida Livandagi aholi punktlari chekkasida Isroil havo hujumlariga javoban amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu reydda ilk bor guruhning 10 nafar jangchisi qatnashgan.
Isroil artilleriyasi ham hozirda Livan janubini o‘qqa tutmoqda. Tinch aholi orasida qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Avvalroq, G‘arb nashrlari “Hizbulloh” yetakchisi falastinliklarning “qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirayotgani" haqida yoza boshlagan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr