Hindistondagi samolyot qulashida o‘zbekistonliklar ham jabrlandimi?

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyun kuni Hindistonning Gujarat shtatidagi Ahmadobod shahrida Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti halokatga uchragani, oqibatda 110 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur reysda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

“Hindiston hududida yuz bergan samolyot halokati haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. 
Ushbu fojiada halok bo‘lganlarning yaqinlari va oilalariga chuqur hamdardligimizni izhor etamiz.
Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur reysda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan”, deb yozadi Burhonov.

Ma’lumot uchun, AI171 raqamli reys mahalliy vaqt bilan soat 13:38 da Ahmadoboddagi Sardar Vallabhbhai Patel xalqaro aeroportidan Londonga yo‘lga chiqqan. Ammo parvoz boshlanganidan atigi bir necha daqiqa o‘tib, samolyot favqulodda holat signalini bergan va qisqa muddatdan so‘ng aloqalar uzilgan. Samolyot aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan hududga qulab tushgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing