Jurnalist Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi

3-sahifa

image

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi jurnalist Anora Sodiqova da’vosi bo‘yicha chiqarilgan hukmni bekor qildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov 25 million so‘m ma’naviy zarar to‘laydi. 

“Postlarida jurnaja*ap so‘zini ishlatgani va bu Anora Sodiqovaga qaratilgani bois bloger Mufasa 25 million so‘m ma’naviy zarar va 5 million so‘m boshqa zararlarni qoplaydi. U Anoradan uzr so‘rab, postlarini o‘chiradi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval jurnalist Anora Sodiqova bloger Mirsaid Haydarov ustidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan edi. 28 may kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi jurnalistning blogerga nisbatan da’vo arizasi bo‘yicha hal qiluv qarorini e’lon qilgandi. Sodiqova o‘z arizasida bloger Mirsaid Haydarovning Facebookʼdagi 7 ta postida o‘z sha’ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida ma’lum qilgan. Sud jurnalist Anora Sodiqovaning Fuqarolik kodeksining 100-moddasi (sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish) asosidagi shikoyatini qanoatlantirmaslik bo‘yicha qaror chiqargan. Shuningdek, sud qarorida Anora Sodiqova hisobidan davlat foydasiga 750 ming so‘m davlat boji undirilishi qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Abdurahmon Tashanov Anora Sodiqova Mirsaid Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing