Joriy mavsum boshqa futbol o‘ynamaydigan Xoland jarohati haqida so‘z ochdi
Sport
−
03 aprel
2546“Manchester Siti” yulduzi Erling Xoland Angliya kubogi chorak finalida jarohat oldi va endi mavsum yakuniga qadar qolgan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Kecha, 2 aprel kuni norvegiyalik futbolchi jarohatdan keyin, Instagram sahifasiga post qoldirdi.
Futbolchi himoya vositalarini kiyib, qo‘ltiq tayoqni ushlab tushgan suratini o‘z sahifasiga joylashtirdi va “men qaytaman”, deb yozdi.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, Xoland 5-7 hafta maydonda bo‘lmaydi. Shu tariqa, futbolchi chempionat yakuniga qadar jamoadoshlariga yordam bera olmaydi, ammo u yozda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, norvegiyalik futbolchi uchun joriy mavsum yomon o‘tmayapti. U barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda 30 ta gol urdi.
Qayd etish joiz, “Manchester Siti” kelasi mavsum uchun hali Chempionlar ligasi yo‘llanmasini kafolatlamagan, shuning uchun “shaharliklar” bu yo‘llanma uchun asosiy hujumchisi va to‘purarisiz kurashishlari kerak. “Siti” ayni damda turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda, ammo ularning raqiblari “Chelsi” va “Nyukasl” hali 30-tur uchrashuvlarini o‘tkazmadi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




