Jo Baydenning maslahatchisi koronavirusga chalindi
Olam
−
18 dekabr 2020 2229 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlarining saylangan Prezidenti Jo Baydenning maslahatchisi Sedrik Richmond koronavirusga chalindi. Bu haqda siyosatchining shtab-kvartirasiga asoslanib ma’lumot berilgan.
Ta’kidlanishicha, Oq uyning bo‘lg‘usi katta maslahatchisining COVID-19 uchun topshirgan testida musbat natija qayd etilgan.
Qayd etilishicha, Richmond o‘tgan seshanba kuni Bayden bilan birga saylovoldi tashviqoti tadbirlari uchun Jorjiya shtatiga borgan. Lekin ularning muloqoti ochiq osmon ostida o‘tkazilgan. Ular himoya niqobi taqqan holda chorak soat suhbatlashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden allaqachon koronavirus uchun test topshirgan. Unda manfiy natija qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr