Jizzaxda uch oylik kelin to‘satdan vafot etdi
3-sahifa
−
06 iyun 2022 22245 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik fuqaro Z.A. qizi M.A.ni Forish tumaniga uzatgani, oradan 3 oy o‘tgach qizining jasadini olib kelib berishgani, ota qizining vafotiga sababchi bo‘lgan aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishni so‘ragani haqida habar tarqaldi.
Jizzax viloyati prokuraturasi holatga munosabat bildirib, M.A.ning o‘limi yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, tekshirish jarayoni Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Live
Barchasi