Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
27 may 4490 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fuqaro noqonuniy yo‘llar bilan boshqa bir shaxsni Meksika orqali AQSHga jo‘natish uchun 200 million so‘m talab qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro Zarbdor tumanidan bo‘lgan boshqa bir fuqaroni go‘yoki Meksika orqali AQSHga ishga jo‘natish bahonasida aldab, undan jami 200 million so‘m (shu jumladan 11 ming 200 dollar va 50 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.
IIBga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda AQSH hamda Yaponiyaga fuqarolarni noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi