Jizzax va Samarqandda qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Jamiyat
−
03 noyabr 2020 5273 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 noyabr kungi qarori bilan qurilish sohasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qaror bilan Mahmud Pardaboyevich Tursunov Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Ergash Qo‘ldoshev ushbu lavozimdan ozod qilindi.
Shuningdek, Laziz Zohidovich Hamidov Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Bahrom Nazarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.