Jerar Pike Javohir va Bibisora jamoasini tabrikladi

Sport

image

“Barselona”ning sobiq futbolchisi, jahon chempioni va to‘rt karra Chempionlar ligasi g‘olibi Jerar Pike Hindistonning Bangalor shahrida bo‘lib o‘tgan Tech Mahindra Global Chess League-2026 turnirini muvaffaqiyatli yakunlagan “Fyers American Gambits” jamoasini tabrikladi. Bu haqda Pike Instagram sahifasida aytib o‘tdi.

“Salom, bolalar. Men shunchaki sizlarni tabriklamoqchi edim. Biz uchinchi o‘rinni egalladik va menimcha, sizlar ajoyib ish qildingiz. G‘alabaga juda yaqin keldik. Ammo nima bo‘lishidan qat’i nazar, men sizlar bilan juda faxrlanaman. Ishonchim komilki, kelajakda albatta g‘alaba qozonamiz. American Gambits, olg‘a!” deydi Pike.

Bangalorda o‘tkazilgan Tech Mahindra Global Chess League-2026 jamoaviy turnirida qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva va “Fyers American Gambits” jamoasi safida ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda ularning jamoasi “Cheq Mumba Masters”ni ikki marta – 3,5:2,5 va 4:2 hisoblarida mag‘lub etdi. Sindorov musobaqa davomida Magnus Karlsenni mag‘lub etib, ochkolar bo‘yicha undan o‘zib ketgan bo‘lsa, Assaubayeva ham jamoaning umumiy muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.

Joriy yilning avgust oyida, turnir boshlanishidan biroz oldin, Jerar Pike rasman “Fyers American Gambits” jamoasining strategik aksiyadori va hamkor investoriga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing