JCH debyutanti yana mag‘lubiyatga uchradi
Sport
−
10:45 3041 2 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Jazoir va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda jazoirliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
AQSHning Kaliforniya shtati, Santa-Klara shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisobni Iordaniya terma jamoasi futbolchisi Nizar Ar-Rashdan 36-daqiqada ochdi. Biroq ikkinchi bo‘limda Jazoir jamoasi vaziyatni o‘z foydasiga hal qildi. Nadir Benbuali 69-daqiqada muvozanatni tiklagan bo‘lsa, Amin Guiri 82-daqiqada g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Mazkur natija Jazoir terma jamoasiga joriy Jahon chempionatidagi ilk g‘alabani taqdim etdi. Jamoa hisobidagi ochkolar soni 3 taga yetdi va u “J” guruhida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, jazoirliklar birinchi turda amaldagi jahon chempioni Argentinaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Argentina esa ikki turdan keyin 6 ochko jamg‘arib, guruhda peshqadamlik qilmoqda hamda pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qildi.
Jahon chempionati debyutanti bo‘lgan Iordaniya terma jamoasi esa ikki o‘yindan so‘ng ham ochko jamg‘ara olmadi. Shu tariqa jamoa muddatidan avval pley-off yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini yo‘qotdi va guruhda so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
Avstriya terma jamoasi ham 3 ochkoga ega bo‘lib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Avstriya birinchi turda Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Jazoir 28 iyun kuni Avstriyaga qarshi maydonga tushadi. Iordaniya esa shu kuni Argentina bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqa 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Live
Barchasi