Jazoirning vaqtinchalik Prezidenti tayinlandi
Olam
−
10 aprel 2019 6478 1 daqiqa
Joriy yilning 2 aprel kuni Jazoir Prezidenti Abdulaziz Buteflika o‘z lavozimidan iste’foga chiqqan edi.
Jazoir parlamenti ham Buteflikaning iste’fosini tasdiqlab, prezidentlik o‘rni bo‘shligini ma’lum qildi. “Al Arabiya” xabariga ko‘ra, shundan so‘ng mamlakat Millat kengashi rahbari Abdulqodir Bensallah Jazoirning vaqtinchalik Prezidenti deb e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat parlamenti yig‘ilishida Bensallahning Prezidentlikka tasdiqlanish jarayoni “An-Nahar” telekanali jonli efirida yoritilgan.
Qayd etish kerak, Mamlakat prezidentligiga saylovlar joriy yilning 18 aprel kuni o‘tkaziladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28