Japarov Shavkat Mirziyoyevni SHHT sammitida O‘zbekiston mustaqilligi kuni bilan tabrikladi (video)
Olam
−
10:39 478 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Bishkekda o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston rahbari O‘zbekiston uchun bayram kuni bo‘lishiga qaramay, SHHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka kelgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.
“Hurmatli Shavkat Miromonovich, mamlakatingiz uchun muhim va bayramona bo‘lgan bu kunda Bishkekka kelib, yig‘ilishimizda ishtirok etish imkoniyatini topganingiz uchun sizga alohida minnatdorlik bildiraman”, degan Sadir Japarov.
Ma’lumot uchun, bugun, 1 sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatning barcha hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va mamlakat xalqiga davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llagandi.