Zelimxon Haydarov birinchi ma’muriyat davridagi lavozimiga qaytdi

Jamiyat

image

Zelimxon Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Yangi tayinlov munosabati bilan Zelimxon Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Zelimxon Haydarov 1945 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U oilali, ikki nafar qizi va 1 nafar o‘g‘li bor.

U O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti bilan birgalikda uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan, shu bois ham Zelimxan Haydarov Islom Karimovning eng ishongan odami sifatida qaralgan. 1993-2018 yillar oralig‘ida u Prezident devoni ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yilning 27 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident devoni rahbar xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, Prezident devoni negizida Prezident Administratsiyasini tashkil etish va uning rahbar xodimlarini tayinlash yuzasidan farmonlar imzolagan.

Unga ko‘ra, ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ishlar boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Zelimxon Haydarov vazifasidan ozod etilgan. Shu kunning o‘zida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Zelimxon Haydarov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisiga o‘rinbosar etib saylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi Zelimxon Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing