Zelenskiy Ukrainaning AQSH yordamisiz omon qolish imkoniyatini baholadi
Olam
−
15 fevral 2025 11193 1 daqiqa
Agar AQSH Ukrainaga yordam berishdan voz kechsa, mamlakatning omon qolish imkoniyati juda past bo‘ladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har qanday og‘ir vaziyatda ham imkoniyat mavjud. Shu bilan birga, u bunday yordam bo‘lmasa, Ukrainaga “juda, juda, juda qiyin” bo‘lishini ta’kidladi.
“Bu juda, juda, juda qiyin bo‘lishi mumkin. Va, albatta, har qanday og‘ir vaziyatda imkoniyat mavjud. Lekin bizning imkoniyatlarimiz kam bo‘ladi, AQSH yordamisiz omon qolish imkoniyatimiz juda past. Menimcha, bu juda muhim, hayotiy muhim masala”, dedi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy AQSH vitse-prezidenti Jeym Devid Vens va uning delegatsiyasi bilan Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha 61-konferensiya doirasida uchrashgandi. Shuningdek, u AQSH davlat kotibi Marko Rubio va AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog bilan ham muzokaralar o‘tkazgan. Zelenskiy muhokamalarda muhim masalalar markaziy o‘rinni egallaganini ta’kidlab, Kit Kellogning Kiyevga tashrifini kutayotganini bildirgan.
Shu bilan birga, Zelenskiy AQSH bilan foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzolashdan bosh tortgani xabar qilingandi. Ushbu hujjat AQSHga Ukrainadagi kelajakdagi foydali qazilma zaxiralarining 50 foiziga egalik qilish huquqini berishi kerak edi.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14