Zelenskiy Trampdan kechirim so‘ramasligini aytdi
Olam
−
01 mart
11212Kecha, 28 fevral kuni kechqurun Oq uy rahbari Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan ko‘p o‘tmay, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar bilan sheriklik munosabatlarini saqlab qolishni istashini va tabiiy resurslar bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini, biroq bu Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishiga ishonchi komil bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Urush tugashini ukrainaliklardan boshqa hech kim xohlamaydi. Biroq Ukraina xalqi adolatli va mustahkam tinchlikni istaydi, bu esa Qo‘shma Shtatlarning xavfsizlik kafolatlarisiz amalga oshmaydi. Ular yo‘qligida ukrainaliklar “Putin ertaga qaytib keladi” deb qo‘rqadi, chunki Rossiya Prezidenti kelishuvlarni bir necha marta buzgan”, deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
Zelenskiy Tramp bilan bo‘lgan mojarosi “har ikki tomon uchun ham yomon” ekanini aytdi, biroq u o‘zini “yomon ish qilgan” deb o‘ylamaydi.
Muzokaralarni davom ettirish uchun hozir Oq uyga qaytishga tayyormisiz? degan savolga Ukraina Prezidenti “yo‘q”, deb javob berdi.
Zelenskiy, shuningdek, Tramp bilan bo‘lgan holat uchun kechirim so‘ramasligini, lekin Oq uy rahbari va Qo‘shma Shtatlarni hurmat qilishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Washington Post” nashri AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakiliga tayanib, Prezident Donald Tramp administratsiyasi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Oq uydagi Oval kabinetda bildirgan bayonotlariga javoban, Ukrainaga barcha harbiy yordam yetkazib berishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



