Zelenskiy bizdan qo‘shin yuborishni so‘ramagan – AQSH
Olam
−
06 mart 2024 6519 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hech qachon mamlakatiga xorijiy qo‘shinlarni yuborishni so‘ramagan. Bu haqda kecha, 5 mart kuni AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
“Biroq, Ukraina rahbari Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya agressiyasiga qarshi turish uchun "vosita va imkoniyatlar" berishni so‘ramoqda. Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga shu bilan yordam berishi kerak”, deya ta’kidladi Kirbi.
O‘tgan haftada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kelajakda Ukrainaga G‘arb quruqlikdagi kuchlarini yuborishni istisno qilmasligini aytgan. 5 mart kuni esa Makron Yevropa Ittifoqi davlatlarini “qo‘rqoq bo‘lmaslikka” va “o‘zlari uchun hech qanday cheklovlar kiritmasdan” Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Men Prezident Makronning so‘zlarini hukm qilmoqchi emasman. U, albatta, o‘zi va o‘z nuqtai nazari haqida gapirishga to‘liq huquq va imkoniyatga ega. Men faqat Prezident Bayden, bizning bosh qo‘mondonimiz nomidan gapira olaman. Prezident aniq ta’kidladi: biz o‘ta kuchli yetakchilikni namoyon qildik, so‘nggi bir necha yil ichida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga rahbarlik qildik. Biz hozirda Kongressdan yordamga muhtojmiz, ular qo‘shimcha mablag‘ni ma’qullasa, biz ushbu kuchli yetakchilikni davom ettirishimiz va ko‘proq yordam ko‘rsatishimiz mumkin bo‘ladi", deydi Kirbi.
Makronning bayonotidan keyin o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish g‘oyasi Polsha, Germaniya, Chexiya, Bolgariya, Ispaniya va Italiya tomonidan rad etildi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga qo‘shin jo‘natish niyatida emasligini ta’kidladi. Shimoliy Atlantika alyansining a’zosi bo‘lgan Kanada nazariy jihatdan Ukrainada qo‘shinlarini joylashtirishi mumkinligini, biroq ular ukrainalik himoyachilarni frontdan uzoqda joylashgan hududlarda o‘qitishdan iboratligini aytdi.
AQSHning Ukrainaga harbiy yordamiga kelsak, uni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongressda qolib ketgan bir paytda, Pentagon bu maqsadda o‘z zaxiralaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, uning umumiy hajmi qariyb 4 milliard yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025