Zelenskiy AQSHga bordi. U Tramp bilan muzokara o‘tkazadi

Olam

image

Bugun, 28 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga uchib bordi. Bu haqdagi xabar uning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu tashrif davomida Zelenskiy AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni, shuningdek, 11 iyul kuni vafot etgan amerikalik senator Lindsi Grem xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va uning jamoasi bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda u raketaga qarshi mudofaani kuchaytirish hamda AQSH bilan strategik sheriklik masalalarini muhokama qilmoqchi.

Tramp esa, o‘z navbatida, Zelenskiy bilan Rossiya-Ukraina urushini tugatishni muhokama qilish ishtiyoqida. Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti bilan o‘tkaziladigan muzokaralarga barcha senatorlar taklif etilgan. Uchrashuv Kongressda Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotgan bir paytda bo‘lib o‘tadi. Tramp va Zelenskiyning uchrashuvi Toshent vaqti bilan soat 18:30 ga rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, Vladimir Zelenskiyning AQSHga tashrifi fonida Ukraina va Amerika rasmiylari havoda sulh tuzish bo‘yicha taklifni muhokama qilgan. “Reuters” manbalariga ko‘ra, ushbu taklifni urushni to‘xtatish bo‘yicha yangi tinchlik tashabbuslari doirasida Rossiyaga taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar bilan murojaat qilgan edi, ammo u buni rad etgan. Ba’zi rasmiylarning fikricha, Ukrainaning davom etayotgan hujumlari sababli Rossiya iqtisodiyotiga tushayotgan bosim Putinning pozitsiyasini yumshatishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing