Zelenskiy Adliya vazirini AQSHga elchi qilib jo‘natmoqchi
Olam
−
17 iyul 2025 3547 1 daqiqa
Bugun, 17 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Adliya vaziri Olga Stefanishinani Prezidentning AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissari lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Stefanishina “Ukrainaning AQSHdagi elchisi lavozimiga uning nomzodini Vashington bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha tegishli tartiblar davom etayotgan bir paytda” shu lavozimda ishlaydi.
Stefanishina hukumatni tark etayotganini tasdiqladi, u Bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari va Adliya vaziri lavozimlarida ishlagan.
“Shuningdek, u AQSH bilan Ukraina-Amerika investitsiyalarini tiklash fondini yaratish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etdi”, dedi Zelenskiy.
RBK-Ukraina manbasiga tayanib yozishicha, Ukraina matbuoti AQSHga elchi etib tayinlanishini bashorat qilgan Ukraina sobiq mudofaa vaziri Rustam Umarov, ehtimol, Rossiya bilan muzokarachi roliga e’tibor qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 iyul kuni Ukraina Oliy Radasi deputatlari mamlakat hukumati rahbari lavozimiga Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot vaziri vazifasini bajaruvchi Yuliya Anatolevna Sviridenkoning tayinlanishini qo‘llab-quvvatlagandi.