Zangiotada yirik yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
12 iyun 2023 9085 1 daqiqa
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi avtomobil yo‘lida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Kecha, 11 iyun kuni soat 21:41 da Zangiota tumani “Quyoshli” mahallasi hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida taxminan 150 kv m ochiq maydonda quruq o‘t yongan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:47 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:50 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda do‘kon va dorixona binosiga o‘t ketgandi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust