Yun Sok Yol yana hibsga olindi
Olam
−
10 iyul 8032 2 daqiqa
Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolga dekabr oyida qisqa muddatli harbiy holat joriy etgani bilan bog‘liq ayblovlar asosida ikkinchi bor hibsga olish orderini chiqardi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Sobiq prezident birinchi bor yanvar oyida hibsga olingan, biroq mart oyida ozod qilingan edi. Yun dekabr oyida muxolifatni bostirish maqsadida bir necha soat davom etgan harbiy holat e’lon qilgani sababli qo‘zg‘olon uyushtirishga urinishda ayblanmoqda.
Yangi sud majlisi kecha, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan va yetti soat davom etgan. Unda Yun ustidan qo‘shimcha ayblovlar ilgari surilgan, xususan, vakolatni suiiste’mol qilish, mansabdorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish va rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish. Sud maxsus prokurorning “sobiq prezident erkinlikda dalillarni yo‘q qilishi mumkin” degan da’vosini ma’qullagan.
Sobiq davlat rahbari tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. Uning advokatlari hibsga olish haqidagi so‘rovni “ortiqcha va asossiz” deb baholagan. Agar Yunga yangi ayblovlar qo‘yilsa, dastlabki sud qarorigacha u olti oy davomida hibsda qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan. Shundan so‘ng, parlament uni qo‘zg‘olonga urinishda ayblab, impichment e’lon qildi.
U qo‘zg‘olonga urinish haqidagi ayblovlarni rad etib, o‘zining qarorini “siyosiy jihatdan asosli” deb atagan va u davlatni muxolifatdan himoya qilish uchun qabul qilinganini ta’kidlagan. Yunning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat hukumat ishini falaj qilgan.
Joriy yilning iyun oyida mamlakatda muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovida “Toburo” demokratik partiyasidan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi va byulletenlarning 100 foizi sanab bo‘lingandan so‘ng 49,4 foiz ovoz to‘pladi.
Live
Barchasi