Yo‘lda “tomosha” ko‘rsatgan Malibu haydovchisi jazolandi (video)
3-sahifa
−
27 mart 2023 11546 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu haydovchisining yo‘ldagi qo‘pol xatti-harakatlari aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar sudi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 4 fevral kuni soat 17:40 larda fuqaro Sh.A. Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor va Nukus ko‘chalari kesishgan chorrahasida, Malibu mashinasida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, mas’ul xodimlar tomonidan to‘xtatilganda, ishoraga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.
Shundan so‘ng, Sh.A. Yakkasaroy tuman sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblangan.
Bugun, 27 mart kuni Sh.A.ning qilmishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tgan. Qayd etilishicha, sudda unga oid Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish 271-modda 1-bandga asosan tugatilgan.
Fuqaro Sh.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosi tayinlangan. Jarima davlat foydasiga undirilishi belgilangan.
Live
Barchasi