Yevropaning bir qator davlatlari “svet”siz qoldi
Olam
−
28 aprel 9581 1 daqiqa
Yevropaning Ispaniya, Portugaliya va Fransiya kabi mamlakatlarining ayrim qismlarida elekt energiyasi uzildi. Bu haqda “Levante” gazetasi xabar berdi.
Bildirilishicha, Ispaniya hududining deyarli yarmida elektr energiyasi uzilgan. Jumladan, Valensiya, Madrid, Barselona va Sevilya shaharlari elektr ta’minotisiz qolgan.
Qayd etilishicha, Valensiyada svetoforlar, liftlar, metro va tramvaylar ishlamay qolgan. Shuningdek, shaharda internet va mobil aloqa ham uzilgan. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab temiryo‘llarda tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, Portugaliyada ham chiroq yo‘q.
Ispaniyaning EFE agentligi X ijtimoiy tarmog‘ida aniqlik kiritishicha, chiroq mahalliy vaqt bilan soat 12:30 atrofida o‘chib qolgan. Bunga nima sabab bo‘lganligi hozircha noma’lum.
Energetika tizimi operatori Red Electrica elektr energiyasini taqsimlovchi kompaniyalar bilan birgalikda elektr ta’minotini tiklash ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.
Qolaversa, Fransiyaning juda katta bo‘lmagan qismida ham elektr energiyasi uzilib qolgan. Bu esa ushbu mamlakatda ham bir qator tartibsizliklarni keltirib chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 fevral kuni soat 11:00 larda bitta maymun 22 mln kishi istiqomat qiladigan butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirgan edi. Mamlakat Energetika vaziri tarmoqdagi transformatorga maymun tekkani, bu esa tizimda nomutanosiblikni keltirib chiqarganini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi