Yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ochiqlandi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining Sverdlov viloyati, Tazov tumanida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, kecha, 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30 da Tazov rayoni, “STROY PROEKT SERVIS” MCHJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati olib, rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

1. Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972 y.t;
2. Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998 y.t; 
3. Jumoyev Ergash Binoyevich, 1983 y.t.

Tan jaroxati olgan fuqaro:
1. Omanov Tolibjon Butayevich, 1966 y.t.

Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bog‘lik tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing