Emelyanenko kasalxonaga yotqizildi
Sport
−
05 mart 5977 1 daqiqa
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Yemelyanenko umurtqa pog‘onasi jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi va u taxminan bir yil jang qila olmaydi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Aleksandr kasalxonada. Uning operatsiyasi unchalik murakkab emas, lekin u deyarli bir yil, kamida 10 oyga safdan chiqdi”, deydi Yemelyanenko jamoasi vakili
Yemelyanenko 29 mart kuni Minskda Artyom Tarasov bilan revansh jangini o‘tkazishi kerak edi. Umumiy hisobda 43 yoshli sportchi hisobida 29 g‘alaba, 9 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Yemelyanenko Vyacheslav Datsik bilan revansh jangini o‘tkazishi mumkinligi xabar qilingandi.