Emelyanenko bloger bilan jangda mag‘lubiyatga uchradi
Sport
−
17 dekabr 2022 20656 1 daqiqa
Rossiyalik MMA ustasi Aleksandr Emelyanenko Moskvada bo‘lib o‘tgan turnirda bloger Svyatoslav Kovalenkoga qarshi oktagonga chiqib, raqibiga imkoniyatni boy berdi.
MMA qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan jang uch raund davom etdi va hakamlarning qarori bilan Kovalenkoning g‘alabasi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Emelyanenko 41 yoshda, u Fedor Emelyanenkoning ukasi. Professional aralash yakkakurashlarda u 28 ta g‘alabaga erishgan va 9 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. 32 yoshli bloger Kovalenko esa sentyabr oyida bloger Artem Tarasovni mag‘lub etgandi.
Live
Barchasi