YeI Ukrainani tiklash uchun 2,3 mlrd yevro ajratmoqchi
Olam
−
10 iyul 1987 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayen Ukrainani tiklash uchun 2,3 milliard yevrolik yangi moliyaviy yordam paketni taqdim etdi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi paket 1,8 milliard yevro miqdoridagi kredit kafolatlari va 580 million yevro miqdoridagi grantlarni o‘z ichiga oladi. Dastur orqali jami 10 milliard yevrogacha investitsiya jalb qilinishi kutilmoqda.
“Bugun Yevroittifoq Ukraina uchun eng qudratli hamkor ekanini yana bir bor tasdiqladi. Nafaqat asosiy donor, balki uning kelajagiga asosiy investor sifatida. 2,3 milliard yevroga teng kelishuvlarni imzolagan holda biz uylarni tiklash, shifoxonalarni ochish, biznesni jonlantirish va energiya bilan ta’minlash uchun 10 milliard yevrogacha investitsiya jalb qilishni ko‘zlamoqdamiz. Bu – amalda namoyon bo‘layotgan birdamlikdir”, deydi fon der Lyayen.
Imzolangan kelishuvlar kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, strategik investitsiyalarni jalb qilish, shaharlarni tiklash, energetik xavfsizlik, shuningdek, muhim infratuzilmani qayta tiklash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Xitoy kompaniyalarini Ukrainadagi urushda Moskvani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirib, bu harakatlar Yevropa xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini aytgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr