YeI Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi
Olam
−
24 fevral
2267Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishdan iborat yangi harbiy yordam paketini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Yevropa mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv davomida so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi 16-sanksiyalar paketi va Ukrainani qisqa muddatda o‘q-dorilar bilan ta’minlash masalasini muhokama qilmoqda.
“Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini muhokama qilmoqdamiz va umid qilamanki, u ham o‘yin konsollari, ham soya flotiga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, biz Ukrainani qisqa muddatda o‘q-dorilar bilan ta’minlash bo‘yicha yangi mudofaa tashabbuslarini ilgari surmoqdamiz”, degan u.
Shuningdek, Kallas YeIning yangi harbiy tashabbuslari “6 mart kuni Yevropa Ittifoqi yetakchilarining favqulodda sammitida muhokama qilinishini” qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 fevral kuni ertalab Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta Ukraina poytaxti Kiyevga yetib borgani haqida xabar berilgandi. Ikki yuqori martabali yevropalik siyosatchi Ukraina bilan birdamlik izhor etish niyatida va ular Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishining uch yilligi munosabati bilan qo‘shimcha yordam berishga va’da bergan.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

