YeI Navalniyning o‘limiga aloqador 6 kishini “qora ro‘yxat”ga tiqdi
Olam
−
03 iyul 2869 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi Kengashi Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniyning o‘limiga sabab bo‘lgan zaharli moddani ishlab chiqishda ishtirok etgan olti nafar shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Yevropa Ittifoqiga ko‘ra, sanksiyaga uchragan shaxslarning aksariyati olimlar va tadqiqotchilar bo‘lib, ular kimyoviy qurollar, xususan, Navalniyning vafotidan so‘ng uning tanasidan olingan namunalarda aniqlangan epibatidin moddasini ishlab chiqish bilan bog‘liq faoliyatda ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, mazkur zaharli modda Janubiy Amerikadagi zaharli qurbaqalar turida uchraydi va Rossiya hududida tabiiy holda mavjud emas. Rossiya esa Moskva Navalniyni zaharlaganini da’vo qilayotgan Yevropa davlatlaridan bu ayblovlarni tasdiqlovchi aniq dalillarni taqdim etishni talab qilib kelmoqda.
Ma’lum qilinishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning aktivlari muzlatiladi va ularning Yevropa Ittifoqi hududiga kirishi taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Berlinda Aleksey Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan kechada uning bevasi Yuliya Navalnaya eri sharafiga “siyosatchilar va ommaviy tashabbuslar uchun” yillik mukofot ta’sis etilishini e’lon qilgandi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust