YeI “Harbiy Shengen” tizimini joriy etishi mumkin

Olam

image

Estoniya Mudofaa vaziri Xanno Pevkur Yevropa armiyasini tuzish g‘oyasini sharhlar ekan, Yevropa Ittifoqida “Harbiy Shengen” tizimini joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, bu tizim bir mamlakatdan boshqasiga harbiy yuklarni tezda yetkazib berish imkonini beradi. Bu haqda Xanno Pevkur “El País” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Mudofaa rejalashtirish va harbiy rejalashtirish NATO mas’uliyatiga kiradi. Ammo Yevropa Ittifoqi cheklovlarni bekor qilish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Bizga shunday “Harbiy Shengen zonasi” kerakki, agar bizga Ispaniyadan Estoniyaga biror narsa yetkazish zarur bo‘lsa, hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan tezda harakatlana olaylik”, deydi Pevkur

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 150 milliard yevrolik harbiy kreditlash fondini ishga tushirishni rejalashtirayotgani, bu fond ittifoqning umumiy byudjeti bilan ta’minlanishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, NATO joriy yilning avgust oyida Yevropaning qurol zaxiralari Ukraina uchun ko‘rsatilayotgan harbiy yordam sabab ancha kamaygani, shu bois Yevropa endilikda Kiyevga o‘z omborlaridan qurol yetkazishni tobora kamaytirayotgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Harbiy Shengen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing