Yarim kg “gashish”ni shirinliklar orasiga yashirgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 iyul 1593 1 daqiqa
Xorazm va Toshkent viloyatlarida xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan va avval giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Urganch xalqaro aeroportida Rossiyadan yuborilgan posilkani qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Tekshiruv davomida jo‘natma ichidagi turli shirinliklar orasiga shokolad ko‘rinishida yashirilgan 538 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlangan.
Yana bir holat Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida qayd etilgan. Unda Toshkent shahrida yashovchi 45 yoshli fuqaro narkokurerlar tomonidan mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilib, xufyona joyga yashirib ketilgan 700 gramm gashish moddasini qabul qilib olayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda ushbu jinoyatlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida qariyb 3,2 kilogramm “geroin”, “gashish”, “mefedron” va “opiy” musodara qilinib, bir necha shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi