Yaponiyada vafot etgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
02 avgust 2025 5576 1 daqiqa
Kecha, 1 avgust kuni Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 252-qaroriga muvofiq O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi tomonidan jasadni vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, marhumaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari hamda turmush o‘rtog‘iga aviachiptalar xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Elchixona konsullik xodimi tomonidan vafot etgan fuqaroning jasadini reysga topshirishdagi tashkiliy ishlarda ko‘mak ko‘rsatilib, ushbu reys bilan O‘zbekistonga qaytayotgan oila a’zolarini aeroportda kuzatib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada vafot etgan fuqaroning jasadi shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi Kaliningrad — Moskva — Toshkent yo‘nalishi orqali bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Live
Barchasi