Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, vakolatxonaga fuqaro I.Y.ning vafot etgani va marhumning jasadini mamlakatga qaytarishda amaliy yordam ko‘rsatish kerakligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Vakolatxona tomonidan zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan. Marhumning jasadi, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi Kaliningrad — Moskva — Toshkent yo‘nalishi orqali bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga amaliy yordam ko‘rsatilib, mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Rossiya jasad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing