Rossiyada og‘ir ahvolda qolganlar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
10 iyun 3708 1 daqiqa
Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga amaliy yordam ko‘rsatilib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburg shaharlaridan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaatlar kelib tushgan va ularga yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, ushbu shaxslarga HY-634, HY-9670, HY-9658 va HY-9662 reyslari orqali aviachiptalar olib berilgan.
“Migratsiya agentligi xorijda og‘ir holatga tushgan fuqarolarimizga amaliy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelingandi. Uning otasi mehnat migratsiyasida bo‘lib, hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani bois o‘g‘lini vaqtinchalik saqlov markazidan olib keta olmagan.
Live
Barchasi