Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 iyun kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uning otasi mehnat migratsiyasida bo‘lib, hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani bois o‘g‘lini vaqtinchalik saqlov markazidan olib keta olmagan.

Voyaga yetmagan fuqaro Toshkentga yetib kelganidan so‘ng, onasiga topshirildi.

“Endilikda voyaga yetmagan fuqaro uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari uning doimiy yashash joyida davom ettiriladi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, 5 iyun holatiga ko‘ra, jami 56 nafar voyaga yetmagan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan bola O‘zbekistonga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston mehnat migratsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing