Yaponiyada dengiz reptiliyalarining noma’lum turi topildi
Bu qiziq
−
05 iyul 8600 1 daqiqa
Okayama fan universiteti va boshqa ilmiy muassasalarning tadqiqot guruhi 1990 yillarda Yaponiyada topilgan bo‘r davriga oid reptiliya qoldiqlari ilgari o‘rganilmagan yangi turga tegishli bo‘lishi mumkinligini e’lon qildi. Ushbu qoldiqlar bundan 80-65 million yil avval yashagan yirik dengiz reptiliyalari – mozazavrlar turiga mansub deb hisoblab kelinayotgan edi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 1990-1992 yillarda Kaydzuka shahrida topilgan tosh qotgan qoldiqlar Osaka prefekturasining Kisivada shahridagi Tabiat tarixi muzeyida saqlanib kelgan. Biroq qoldiqlarni o‘rab turgan tog‘ jinslarini ajratib oladigan uskunalar yo‘qligi sababli, ular ustida chuqur tahlil o‘tkazilmagan. So‘nggi yillarda butun dunyoda mozazavrlarni o‘rganish ishlari sezilarli darajada oldinga siljidi.
Olimlar muzeydagi tosh qotgan qoldiqlarni tozalash va ko‘zdan kechirishga muvaffaq bo‘ldi. Ular yuqori jag‘ning shu paytgacha hech qayerda uchramagan uch qismini aniqladi. Hayvonning uzunligi, ehtimol, 6 metr atrofida bo‘lgan. Unda boshqa mozazavrlar qoldiqlariga xos bo‘lgan qon tomirlari o‘tadigan ariqcha mavjud bo‘lmagan. “Kyodo”ning yozishicha, aynan mana shu ma’lumotlar hayvonning yangi turi haqida dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uels qirg‘oqlarida dengiz to‘lqinlari bilan birga noodatiy yuzlab mayda, yorqin, ko‘k rangli dengiz jonzotlari paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi