Yaponiyada ham 7,2 magnitudali zilzila bo‘ldi
Olam
−
09:14 1991 1 daqiqa
Yaponiyaning shimoli-sharqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Sunami xavfi e’lon qilinmagan. Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligiga tayanib, “Mainichi” nashri xabar berdi.
Dastlab zilzila magnitudasi 6,9 deb baholangan, ammo keyinchalik bu ma’lumot qayta ko‘rib chiqilib, 7,2 magnituda ekani aniqlangan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da Ivate prefekturasining Tinch okeani sohillari yaqinida, 44 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Yerosti silkinishlari eng kuchli darajada Aomori prefekturasining Xasikami shahrida sezilgan. Shuningdek, zilzila Tokio shahrida ham his qilingan.
Xasikami va Xatinoxe shaharlari yong‘in-qutqaruv xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, o‘smirlar va 50 yoshlar atrofidagi kishilarni o‘z ichiga olgan to‘rt nafar fuqaro yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 iyun kuni Venesuelaning shimoliy va markaziy hududlarida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgandi. Oqibatda mamlakat poytaxti Karakas shahrida turar joy binolari va boshqa inshootlar qulab tushgan.
Live
Barchasi