Yaponiya AQSHga yarim trln dollar beradi – Tramp (video)

Olam

image

Tokio AQSH iqtisodiyoti uchun 550 milliard dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida yozib qoldirdi.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida bunday bitim avval hech qachon bo‘lmagan va bu orqali yuz minglab ish o‘rinlari yaratilishi mumkin. 

“Biz Yaponiya bilan yirik shartnomani yakunladik, ehtimol bu tarixdagi eng katta bitimdir. Yaponiya mening ko‘rsatmam bilan Qo‘shma Shtatlarga 550 milliard dollar sarmoya kiritadi, AQSH ushbu bitimdan foydaning 90 foizini oladi. Bunaqasi hali bo‘lmagan”, deya yozgan Amerika Prezidenti. 

Shuningdek, u kelishuv doirasida Yaponiya AQSHga 15 foizlik boj to‘lashga va’da berganini qo‘shimcha qilgan.

“Eng muhimi shuki, Yaponiya o‘z bozorini AQSH savdosi uchun ochadi, jumladan, avtomobillar, yuk mashinalari, guruch va ayrim boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha. Yaponiya AQSHga 15 foizlik o‘zaro tariflar to‘laydi. Bu Qo‘shma Shtatlar uchun nihoyatda quvonchli davr, ayniqsa Yaponiya bilan doimiy ravishda yaxshi munosabatlarga ega bo‘lishimiz nuqtai nazaridan”, degan Tramp. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘n yil ichida AQSHga 1,4 trillion dollar sarmoya kiritishini aytgandi. Tramp bu sarmoyalarning sun’iy intellekt va kompyuter fanlari sohalarini rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etgan.

Marjona Murodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing