Yangihayotdagi qariyb 600 xonadon “svet”siz qoldi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2611 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida avtomashina gaz quvurini urib yuborishi oqibatida 570 ta xonadon gaz ta’minotidan uzildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16 oktyabr kuni soat 08:00 da Yangihayot tumanidagi “Mash’al” MFYda suv quvurida ta’mirlash ishlarini olib borish vaqtida avtomashina o‘rta bosimli gaz quvurini urib yuborgan.

Buning oqibatida ushbu manzildagi 3 ta ko‘p qavatli uy (350 ta xonadon) va 220 ta yerli xonadon gaz ta’minotisiz qolgan.
“Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlaridan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida podstansiyada qisqa tutashuv oqibatida chiqqan yong‘in sababli ayrim hududlar elektrsiz qolgandi.
Live
Barchasi