Yana bir davlat Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi uchun tovon talab qildi

Olam

image

Germaniyaning Ikki jahon urushi yillarida Gretsiyaga qilgan urush jinoyatlari uchun tovon to‘lashi masalasi ochiqligicha qolmoqda. Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias Varshavada Polsha Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau bilan uchrashuvdan so‘ng shunday bayonot berdi.

“Gretsiya hukumati va jamiyati uchun bu masala ochiqligicha qolmoqda va uning yechimi birinchi navbatda prinsipial masalasi bo‘lib, menimcha, barcha manfaatdor davlatlar va butun Yevropa Ittifoqi uchun bu foydali bo‘ladi”, deydi TIV rahbari.

2022 yil iyul oyida Dendias Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan muzokaralardan so‘ng, Germaniyaning tovon to‘lash masalasi ochiqligicha qolayotganini ta’kidlagandi.

"Uni hal qilish har ikki mamlakat uchun o‘zaro manfaatli bo‘ladi va Gretsiya-Germaniya munosabatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi", deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lumot uchun, 2019 yil avgust oyida Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashgandan so‘ng, Afina Berlin Ikkinchi jahon urushi davridagi jinoyatlari uchun tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralarga kirishishiga umid qilayotganini aytgan.

Gretsiya davlat g‘aznachiligining turli usullar yordamida amalga oshirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, Germaniyaning Gretsiyaga qarzi 269 milliard 547 million yevrodan 309 milliard 499 million yevrogacha.

Avvalroq, Polsha Tashqi ishlar vazirligi Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida 6,2 trillion zloti (taxminan 1,3 trillion dollar) talab qilgandi. Shu bilan birga, polshalik siyosatchilar Rossiyadan ham tovon puli olish umidida ekanini qayta-qayta bildirishgan. Rossiyadan pul talab qilish g‘oyasini yaqinda mamlakat Prezidenti Anjey Duda qo‘llab-quvvatlagan edi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Polshaning talabiga javoban tovon to‘lash masalasi yopilganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing