Yamal final oldidan jarohat oldi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionatining finali arafasida sonida og‘riq his qilmoqda. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi kecha, 16 iyul kuni jamoadan alohida tarzda mashg‘ulot o‘tkazgan. Mashg‘ulotlar davomida uning chap soniga maxsus bandaj taqib olgani ham kuzatilgan. Biroq ispaniyalik jurnalist Alfredo Martinesning ma’lum qilishicha, Yamal hal qiluvchi uchrashuvga tayyor bo‘ladi.

2026 yilgi Jahon chempionatining finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv joriy yilning 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da start oladi.

Yamal ushbu mundialda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli futbolchi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yil aprel oyidan buyon klubning asosiy jamoasi safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt ichida u “Barselona” bilan uch marta Ispaniya chempioni (2023, 2025, 2026), ikki marta Ispaniya Superkubogi (2025, 2026) va bir marta Ispaniya Kubogi (2025) sohibi bo‘ldi.

Ispaniya milliy terma jamoasi safida esa Yamal 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing