Yamal “Barselona”ning jarohat bo‘yicha qarorlaridan norozi
Sport
−
25 noyabr 2025 1414 2 daqiqa
“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal klub tibbiyot bo‘limiga jarohatdan tiklanish jarayoni bilan bog‘liq shikoyatini bildirgan. U klubda olib borilayotgan tiklanish jarayonlaridan mamnun emasligini aniq ifoda qilgan. Bu haqda “Onye football” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shikoyat ortidan “Barselona” ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Futbolchi boshqa klub xodimlaridan yordam olishni so‘ragan va bunga ruxsat berilgan. Endilikda Flik jamoada jarohatlarni nazorat qilish bo‘yicha yechimlar izlayotgani aytilmoqda.
“Barselona”ning asosiy o‘yinchilari, jumladan, Joan Garsiya, Pedri va Rafinya jarohatlari ham jamoa natijalariga ta’sir ko‘rsatdi. Klub rahbariyati bu yangi o‘zgarishlar muammolarni kamaytirishga yordam berishini umid qilmoqda.
Joriy yilning sentyabr oyida jag‘idan jarohat olgan Yamal hozirda 100% ga tiklangan bo‘lsa-da, deyarli uch oy davomida jarohatni tiklash jarayoni bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirgan. Bundan tashqari, Yamal sentyabr oyida Ispaniya terma jamoasida safda olgan jarohati tufayli “Valensiya”, “Nyukasl Yunayted”, “Xetafe” va “Real Ovedo”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur qildi. U “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda maydonga qaytgan bo‘lsa-da, ammo bir necha kun ichida PSJ va boshqa o‘yinlardan so‘ng jarohat qaytalangan. Natijada, u Ispaniyaning so‘nggi to‘rtta o‘yini va “Barselona”ning jamoasidagi muhim uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal 7–10 kunlik dam olishni talab qiladigan tibbiy muolajadan so‘ng Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tusha olmasligi sabab terma jamoaning so‘ngi yig‘inini o‘tqazib yuborgan edi.